YER OSTI SUVLARI MONITORING TIZIMINI LOIHALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA TEXNOLOGIK INNOVATSIYALAR
Keywords:
Yer osti suvlari, monitoring, gidrogeologik modellashtirish, geoinformatsion tizimlar (GIT), masofadan zondlash, sun’iy yo‘ldosh, raqamli gidrogeologiya, suv resurslari, sun’iy intellectAbstract
Mazkur maqolada yer osti suvlari monitoring tizimini takomillashtirishda zamonaviy yondashuvlar va texnologik innovatsiyalarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda geoinformatsion tizimlar (GIS), masofadan zondlash (RS), telemetriya va raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari kabi texnologik innovatsiyalarni qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Ushbu texnologiyalar yordamida suv sathining o‘zgarishi, sifat ko‘rsatkichlari va suv zaxiralarining dinamikasi real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beradi. Maqolada shuningdek, Respublikamizda mavjud avtomatlashtirilgan monitoring tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari suv resurslarini boshqarishda samaradorlikni oshirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi