OʻZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION FAOLIYATNING RIVOJLANISH TENDENDIYALARI
Keywords:
Innovatsion faoliyat, ta’lim tizimi, raqamli texnologiyalar, pedagogik innovatsiyalar, interaktiv metodlar, masofaviy ta’lim, kompetensiya, ta’lim sifati, modernizatsiya, ta’lim islohotlariAbstract
Mazkur ilmiy maqolada Oʻzbekiston ta’lim tizimida innovatsion faoliyatning rivojlanish tendensiyalari, ularning mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyati keng yoritib berilgan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar innovatsion faoliyatni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi, masofaviy ta’lim tizimlarining rivojlanishi, interaktiv o‘qitish metodlarining qo‘llanilishi hamda pedagoglarning innovatsion kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhim o‘rin tutadi. Maqolada, shuningdek, innovatsion faoliyatning samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion yondashuvlar ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.