CHAYNASH BOSIMINI QAYTA TAQSIMLASHDA VETAKRIL TERMOPLASTIK SHINASINING BIOMEXANIK AFZALLIKLARI
Keywords:
parodontit, shinalovchi konstruksiya, Vetakril, termoplastik polimer, matematik modellashtirish, biotexnik tahlil, funktsional bosimAbstract
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – parodontitning boshlang‘ich va o‘rta darajalarida tishlarni mustahkamlash uchun ishlab chiqilgan davolash-profilaktika shinlovchi qurilmasining samaradorligini baholashdir. Bunda matematik modellashtirish va biotexnik tahlil usullari qo‘llanilib, taklif etilgan konstruksiya yordamida tish-jag‘ tizimida funktsional yuklarning qanday qayta taqsimlanishi miqdoriy jihatdan aniqlangan.Shina tayyorlashda yuqori darajadagi biomoslashuvchanlik, elastiklik va deformatsiyaga qarshilikka ega bo‘lgan Vetakril termoplastik polimeri ishlatilgan. Ushbu materialni an’anaviy kobalt-xrom qotishmalari bilan solishtirganda, Vetakril kuchlanishlarning to‘planishini kamaytirish va chaynash bosimini tekisroq taqsimlashda muhim afzalliklarga ega ekanligi aniqlandi.Matematik modellashtirish natijalari klinik kuzatuvlar bilan tasdiqlangan: Vetakril konstruksiyasini qo‘llash tishlarning harakatchanligini pasaytiradi, yallig‘lanish alomatlarini susaytiradi, parodontning funktsional holatini yaxshilaydi va tish qatorining umumiy barqarorligini oshiradi.
Tavsiya etilgan uslub parodontal kasalliklarni terapiya va profilaktikasida klinik amaliyotga joriy etish, shuningdek, stomatologik konstruksiyalarning biotexnik xossalarini keyingi tadqiqotlar uchun namuna sifatida foydalanish mumkin.