Ultratovush to‘lqinlari ta’sirida homilador kalamush qon zardobidagi alaninaminotransferaza (alt) va aspartataminotransferaza (ast) fermentlari faolliklarini o‘zganishni aniqlash hamda uni korreksiyalash usullarini izlash
Keywords:
homilador kalamush jigari, mitoxondriya, qon zardobi, shotut bargining ekstrakti, karsil, alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST), korreksiyalash, ultratovush to‘lqinlariAbstract
Ushbu ishda hozirda tibbiyotda keng qo‘llanib kelinayotgan ultratovush to‘lqinlarining (UUT) embironal rivojlanish davrida homilador kalamushlarning qon plazmasi tarkibidagi alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST) faolligiga va bilirubin miqdoriga o‘zgarishlariga shotut bargi ekstrakti,karsil preparatlarining ta’siri o‘rganilgan. Taddqiqotlar uchun urg‘ochi kalamushlar tanlab olingan va urug‘lantirildi. Homiladorlikning 3-, va 17-kunlarida kalamushlarni 5 daqiqa 5 MGs diapozonida ultiratovush to‘qinlari ta‘sir etirildi hamda shu kundan boshlab 1 ml 5 kun peroral usulda shotut bargining ekstrakti va karsil preparati yuborib, korreksiyalash o‘ganilgan. Tadqiqotlar homiladorlikning 21 kunida olib borildi. Homilador kalamushlar embirional rivojlanish davrida UUT ta’siriga sezuvchan ekanligi aniqlandi. Ultratovush to‘lqinlarning 5 MGs 5 minutli ta’siridan so‘ng, fermentlar faolligining o‘zgarishi kuzatildi.