Guar — Cyamopsis Tetragonoloba (l.) Taub. Ning bioekologik xususiyatlari va o‘zbekistonning lalmi hududlarida introduksiya istiqbollari: adabiyotlar tahlili

Authors

  • Berdikulova Nargiza Yusufjon qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti Author

Keywords:

guar, Cyamopsis tetragonoloba, introduksiya, lalmi sharoit, qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, galaktomannan, guar saqichi, genetik resurslar

Abstract

Maqolada guar — Cyamopsis tetragonoloba (L.) Taub. ning biologik va ekologik xususiyatlari, urug‘ endospermida to‘planadigan galaktomannanning amaliy ahamiyati, qurg‘oqchilik va sho‘rlanish stressiga munosabati hamda O‘zbekistonning lalmi hududlarida introduksiya istiqbollari ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Guar issiqsevar, bir yillik dukkakli o‘simlik bo‘lib, urug‘idan olinadigan guar saqichi oziq-ovqat, farmatsevtika va texnik sanoatda muhim xomashyo hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili guarning namlik tanqisligiga moslashuvchanligi yuqori bo‘lsa-da, qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga javobi genotip, ekish muddati hamda suv ta’minotiga bog‘liq ravishda farqlanishini ko‘rsatdi. O‘zbekistonda guar bo‘yicha ayrim tadqiqotlar mavjud bo‘lsa-da, lalmi sharoitlarda kolleksiya namunalarining fenologik rivojlanishi va urug‘ mahsuldorligini kompleks baholash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Shu sababli dala unuvchanligi, fenologik rivojlanish, o‘simliklarning saqlanib qolishi va urug‘ mahsuldorligini baholash mamlakatning qurg‘oqchil hududlari uchun istiqbolli guar namunalarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Downloads

Published

2026-05-29

How to Cite

Berdikulova Nargiza Yusufjon qizi. (2026). Guar — Cyamopsis Tetragonoloba (l.) Taub. Ning bioekologik xususiyatlari va o‘zbekistonning lalmi hududlarida introduksiya istiqbollari: adabiyotlar tahlili. INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION, 5(44), 115-120. https://sr-journals.org/index.php/ITSE/article/view/1789