MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNING JISMONIY RIVOJLANISHI VA FUNKSIONAL KO‘RSATKICHLARINING YOSHGA BOG‘LIQ O‘ZGARISHLARI
Keywords:
jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, antropometrik o‘lchovlar, funksional ko‘rsatkichlarAbstract
Mazkur maqolada maktab yoshidagi o‘quvchilarning yoshi ortishi bilan ularning antropometrik va funksional ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar o‘rganilgan. 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘y uzunligi, tana vazni, ko‘krak qafasi aylanasi, yurak urish chastotasi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, statik va dinamik kuch, hamda harakat tezligi va chidamlilik ko‘rsatkichlari solishtirildi. Tadqiqot natijalari yoshi katta o‘quvchilarda bu ko‘rsatkichlarning izchil yaxshilanishi, ayrim hollarda esa statistik ishonchlilik bilan farqlanishini ko‘rsatdi. Ushbu natijalar o‘quvchilarning sog‘lom rivojlanishini kuzatishda, ta’lim va sport dasturlarini yoshga mos tarzda rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Downloads
Published
2025-12-20
Issue
Section
Articles
How to Cite
Axmedov Fazliddin Yusupovich, Yunusov Lazizbek Sodiqovich, & Maxsudova Malika Xolmatjanovna. (2025). MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNING JISMONIY RIVOJLANISHI VA FUNKSIONAL KO‘RSATKICHLARINING YOSHGA BOG‘LIQ O‘ZGARISHLARI. INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION, 4(33), 140-148. https://sr-journals.org/index.php/ITSE/article/view/19