Aksiologik yondashuv asosida o‘quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishning didaktik asoslari
Keywords:
aksiologik yondashuv, muloqot madaniyati, didaktik asoslar, kommunikativ kompetensiya, qadriyatlar tizimi, pedagogik metodlar, ta’lim vositalari, interaktiv ta’limAbstract
Ushbu maqolada aksiologik yondashuv asosida o‘quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishning didaktik asoslari ilmiy va nazariy jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ta’lim mazmuni, pedagogik metodlar va zamonaviy ta’lim vositalarining qadriyatlar bilan bog‘liqligi oydinlashtirilgan. Shuningdek, o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda aksiologik yondashuvning pedagogik imkoniyatlari, interaktiv metodlarning samaradorligi va didaktik shart-sharoitlarning ahamiyati batafsil ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida muloqot madaniyatini shakllantirishga qaratilgan samarali didaktik strategiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu strategiyalar ta’lim jarayonini yanada samarali va mazmunli qilishga xizmat qiladi, o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.