BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI UCHUN KVALITOLOGIK KOMPETENSIYALARNI ANIQLASH VA MODELLASHTIRISH
Keywords:
kvalitologik kompetensiya, boshlang‘ich ta’lim, o‘qituvchi tayyorlash, sifat baholash, modellashtirish, pedagogik refleksiya, kasbiy kompetensiyalar, ta’lim sifati, monitoringAbstract
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kvalitologik kompetensiyalarini aniqlash va ularni modellashtirishga oid muammo yoritilgan. Kvalitologik kompetensiyalar – bu o‘qituvchining ta’lim sifati ustidan nazoratni amalga oshirish, o‘z faoliyatining natijalarini tahlil qilish, baholash va takomillashtirishga qaratilgan kasbiy kompetensiyalar majmuidir. Tadqiqotda mazkur kompetensiyalarning tarkibiy qismlari aniqlanib, ularni shakllantirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, bo‘lajak o‘qituvchilarda sifat madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi modellashtirilgan yondashuv taklif etilgan. Maqola nazariy tahlil, diagnostika va pedagogik kuzatuv asosida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalariga tayangan.