SHAMOL ENERGIYASI ASOSLARI
Keywords:
Shamol energetikasi, Shamol turbinalari, Kinetik energiya, Shamol dvigateli, Qanotli turbine, Vertikal o‘qli parrak, Gorizontal o‘qli parrak, Shamol generatori, Mexanik quvvat, Parrak burchagi, Matlab/Simulink modellashtirish, Shamol tezligi, Qayta tiklanuvchi energiyaAbstract
Ushbu ishda shamol energetikasining nazariy va amaliy asoslari, shamol oqimining kinetik energiyasini mexanik va elektr energiyasiga aylantirish jarayonlari yoritilgan. Shamol texnikasi va shamoldan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha qurilmalarning tuzilishi, samaradorligi hamda qo‘llanish sohasi batafsil ko‘rib chiqiladi. Shamol dvigatellarining karusel, barabanli va qanotli turlari tahlil qilinib, ularning energiya aylantirish ko‘rsatkichlari solishtiriladi. Vertikal va gorizontal o‘qli shamol parraklarining ishlash prinsipi, turi va samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar yoritilgan. Matlab/Simulink muhitida gorizontal o‘qli shamol turbinasi modellashtirilib, turbinaning quvvati, momenti, shamol tezligi va parrak burchagi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Natijalar 3–12 m/s shamol tezligida turbina 0,32–20,6 kW quvvat ishlab chiqarishini ko‘rsatdi. Parraklarning optimal o‘rnatilish burchagi 0° ekani asoslab berilgan.