GRAVITATSIYA FIZIKASI: NAZARIY EVOLYUTSIYA VA AMALIY QO‘LLANMALAR
Keywords:
gravitatsiya, Nyuton qonuni, umumiy nisbiylik, fazo-vaqt egilishi, gravitatsion linzalash, Lense-Thirring effekti, qora tuynuklar, gravitatsion to‘lqinlar, GPS relativistik tuzatishlar, kvant gravitatsiyasi, graviton detektorlari, zamonaviy gravitatsiya tadqiqotlariAbstract
Ushbu maqolada gravitatsiya fenomeni, Nyutonning klassik tortishish qonunlaridan boshlab[1], Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi [2] va zamonaviy gravitatsiya tadqiqotlarigacha [11-13, 20-22] bo‘lgan ilmiy rivojlanish jarayonida tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda gravitatsiyaning fazo-vaqt egilishi [2] , gravitatsion linzalash, Lense-Thirring effekti, qora tuynuklar, gravitatsion to‘lqinlar hamda ularning amaliy qo‘llanilishi — jumladan, GPS tizimlaridagi relativistik tuzatishlar [16, 17], suv toshqinlari [18] va gravitatsion navigatsiya [19] masalalari ko‘rib chiqiladi. Olingan natijalar gravitatsiya hodisasini faqat klassik mexanika doirasida emas, balki kvant mexanikasi va kosmologiya bilan birlashtirilgan holda tadqiq etish zarurligini ko‘rsatadi. Xususan, graviton detektorlarini ishlab chiqish [22] va muqobil gravitatsiya nazariyalari, jumladan Finsler gravitatsiyasi [20, 21] istiqbollari muhokama qilinadi. Maqola ilmiy yondashuvga asoslanib, gravitatsiyaning kelajakdagi fundamental va amaliy tadqiqotlari uchun tavsiyalar beradi..