ANTIBIOTIKLAR BILAN BOG‘LIQ JIGAR SHIKASTLANISHI: KLINIK VA BIOKIMYOVIY TAHLIL

Authors

  • Pardayev M.O’ Author
  • Turayeva S.S Author

Keywords:

Antibiotiklar, gepatotoksiklik, dori-induktsiyalangan jigar shikastlanishi, jigar biotransformatsiyasi, ALT, AST, xolestaz, steatoz, ultratovush tekshiruvi, gepatoproteksiya

Abstract

Ushbu maqolada jigarda biotransformatsiyalanuvchi antibiotiklarning gepatotoksik ta’siri klinik, biokimyoviy va ultratovush tekshiruvlari asosida baholangan. Tadqiqotda rifampisin, eritromitsin, doksisiklin, klindamitsin hamda amoksitsillin-klavulanat qabul qilgan bemorlarda jigar fermentlari darajasining o‘zgarishi, xolestatik va steatotik shikastlanish belgilari tahlil qilindi. Olingan natijalar antibiotiklarning jigar parenximasiga turli darajada toksik ta’sir ko‘rsatishini, gepatotoksiklik darajasi preparat turi, davolash muddati va bemorning individual xususiyatlariga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Maqolada antibiotiklar bilan bog‘liq jigar shikastlanishini erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Downloads

Published

2026-02-26

How to Cite

Pardayev M.O’, & Turayeva S.S. (2026). ANTIBIOTIKLAR BILAN BOG‘LIQ JIGAR SHIKASTLANISHI: KLINIK VA BIOKIMYOVIY TAHLIL. INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION, 5(41), 66-67. https://sr-journals.org/index.php/ITSE/article/view/978