YAPONIYA YUMSHOQ KUCHINING O‘ZBEKISTONDAGI TA’SIRI: RASMIY RIVOJLANISH YORDAMI VA TA’LIM HAMKORLIGI MISOLIDA TAHLIL

Authors

  • Durdona Toshboyeva Author

Keywords:

yumshoq kuch, Yaponiya tashqi siyosati, O‘zbekiston, ODA, ta’lim diplomatiyasi, Markaziy Osiyo

Abstract

Mazkur maqolada Yaponiya yumshoq kuchining O‘zbekistondagi ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot xalqaro munosabatlar nazariyasidagi “yumshoq kuch” konsepsiyasiga asoslanib, Yaponiya tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari — rasmiy rivojlanish yordami (ODA), ta’lim hamkorligi va madaniy diplomatiya orqali amalga oshirilayotgan ta’sir mexanizmlarini o‘rganadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, Yaponiya O‘zbekistonda bevosita siyosiy bosimdan ko‘ra, institutsional va ijtimoiy vositalar orqali uzoq muddatli ta’sirni shakllantirmoqda. Shu bilan birga, Yaponiya yumshoq kuchining samaradorligi mintaqadagi boshqa yirik aktorlar bilan raqobat sharoitida muayyan cheklovlarga ega ekanligi aniqlanadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi Yaponiya yumshoq kuchining O‘zbekiston misolida konkret mexanizmlar orqali tahlil qilinganidadir.

Downloads

Published

2026-03-22

How to Cite

Durdona Toshboyeva. (2026). YAPONIYA YUMSHOQ KUCHINING O‘ZBEKISTONDAGI TA’SIRI: RASMIY RIVOJLANISH YORDAMI VA TA’LIM HAMKORLIGI MISOLIDA TAHLIL. INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION, 5(42), 44-49. https://sr-journals.org/index.php/ITSE/article/view/1110