ZAMONAVIY XITOY BOLALAR ADABIYOTINING TARAQQIYOTI: SHU HUIBO 舒辉波 IJODI MISOLIDA
Keywords:
Intellektual salohiyat, badiiy tafakkur, Shu Huibo, adabiy evolyutsiya, ijtimoiy moslashuv, falsafiy proza, tarixiy xotira, estetik tarbiya, inklyuziv madaniyatAbstract
Ushbu maqola zamonaviy xitoy bolalar adabiyotining taraqqiyot tendensiyalarini tahlil qilish hamda uning shaxsning intellektual va axloqiy qiyofasini shakllantirishdagi strategik ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Tadqiqot ob’ekti sifatida zamonaviy xitoy adabiyotshunosligida o‘ziga xos o‘rin egallagan yozuvchi Shu Huibo ijodi tanlangan. Maqolada muallif bolalar adabiyotidagi turli janrlarning bola psixologiyasi va tafakkuriga ta’sirini ilmiy tahlil qiladi, shuningdek, tarixiy retrospektiva asosida mazkur sohaning evolyusion rivojlanish bosqichlarini ochib beradi. Tadqiqot doirasida “katta adabiyot” konsepsiyasining nazariy asoslari ko‘rib chiqilib, yozuvchining “Nur sadosi” asarida aks etgan ijtimoiy-gumanitar muammolar qiyosiy-tahliliy usulda o‘rganilgan.
Olib borilgan tahlillar natijasida bolalar kitobxonligining shaxs ijtimoiylashuvi, ma’naviy kamoloti va dunyoqarashini shakllantirishdagi muhim o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan.