TERGOV JARAYONIDA XOTIRA VA TASAVVURNING KOGNITIV-PSIXOLOGIK ASOSLARI VA QAYTA ESGA TUSHIRISH MEXANIZMLARINING SAMARADORLIGI
Keywords:
xotira, tasavvur, kognitiv jarayonlar, qayta esga tushirish, kognitiv intervyu, so‘roq jarayoni, psixologik omillar, ma’lumot ishonchliligiAbstract
Tergov jarayonida xotira va tasavvurning kognitiv-psixologik mexanizmlari ilmiy yondashuv asosida tadqiq etilgan. Xotiraning tuzilishi, turlari va qayta esga tushirish qonuniyatlari, shuningdek, ularga ta’sir etuvchi kognitiv va emotsional omillar tahlil qilindi. Tasavvur jarayonining qabul qilish, xotira va fikrlash bilan o‘zaro bog‘liqligi ochib berildi hamda uning voqealarni qayta tiklashdagi funksional ahamiyati asoslandi. Tadqiqot jarayonida so‘roq paytida axborot ishonchliligiga ta’sir etuvchi omillar, jumladan stress holati, diqqatning barqarorligi va tashqi ta’sirlar o‘rganildi. Qayta esga tushirishni faollashtirishda qo‘llaniladigan zamonaviy kognitiv usullar, xususan kognitiv intervyu, erkin eslash va assotsiativ yondashuvlarning samaradorligi baholandi.
Olingan natijalar tergov amaliyotida guvoh va jabrlanuvchilardan olinadigan ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari so‘roq jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va kognitiv mexanizmlardan maqsadli foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.