Amaliy san’at asarlari namoyishida zamonaviy texnologiyalar
Keywords:
muzey, amaliy san’at, zamonaviy texnologiyalar, madaniy meros, ekspozitsiyalarAbstract
Mazkur maqolada muzeylarda amaliy san’at asarlarini zamonaviy texnologiyalar asosida namoyish etishning dolzarb masalalari yoritilgan. Multimedia vositalari, raqamli texnologiyalar, virtual va kengaytirilgan reallik, interaktiv ekspozitsiyalar hamda 3D modellashtirish usullarining muzey faoliyatidagi ahamiyati tahlil qiligan. Shuningdek, milliy amaliy san’at namunalarini targ‘ib qilish va yosh avlodga yetkazishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni ilmiy asosda ochib berilgan.Ushbu maqolada ko‘pgina muzeylar jahonning bir qator rivojlangan davlatlari muzeylari tajribasiga tayangan holda zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, amaliy san’at asarlarini saqlash va namoyish qilishda yangicha yondashuvlar ishlab chiqayotganligi, shuningdek, “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasining bu boradagi amaliy ishlari borasida to‘xtalib o‘tilgan. Moddiy-madaniy merosni innovatsion usullar yordamida namoyish qilish yurtimiz tarixi, madaniyati va san’atini keng targ‘ib qilishda ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.