Muhammad Sharif Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi o‘zbek xalq maqollari tarkibida mavjud bo‘lgan o‘lchov birliklarining lingvistik tahlili
Keywords:
Maqol, botmon, dahsar, tutam, chumchuq, tandirAbstract
O‘rta Osiyo xalqlari azal-azaldan ilm-fanga bo‘lgan muhabbati tufayli boshqa xalqlardan ajralib turadi. Bu yerlarda davlatchilik asoslarining paydo bo‘lishi natijasida, davlat g‘aznasiga tushadigan turli soliqlarning miqdorlarini o‘lchash va aniqlash zarurati, o‘lchov birliklarining paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi.
O‘lchov tushunchasini izohlaydigan bo‘lsak: u fizik miqdoriy darajani o‘lchov vositalari yordamida empirik tarzda topish jarayonidir.
“Chumchuq semurub botmon bo`lmas”
Chumchuqlar- to`qimachilar oilasiga mansub qushlar urug`i. 17 turi bor. Rangi har xil turi ko`p. O`troq, ko`chib yuruvchi va mavsumiy qushlar. Daraxt, bino va boshqa joylarga uya quradi.O`simlik urug`lari va mevalari bilan oziqlanadi.
1 Botmon — 78 pudga yoki 128 kg.ga teng (O‘z.T.I.L. T. 21-b).
Xalq og‘zaki ijodidan keltirilgan bu maqolda har bir inson so‘zining o‘z yuki va vazni mavjud bo‘lishiga qaramay, maqtanchoq insonlarga qop-qop va’dalar berishi lekin amalda bularning bari puch yong‘oqga aylanib qolishi kinoyali tarzida ifodalangan. Gulxaniy “Zarbulmasal” asarida bu maqolni keltirish orqali qahramonlar qiyofasini o‘quvchiga tiniqroq yoritib berishga harakat qiladi.
Sani ahvoling olamg‘a ma’lum. “Oyni etak bilan yoshurub bo‘lmas”, “Chumchuq semurub botmon bo‘lmas” (12-bet).