DRON TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA INVESTITSIYA OBYEKTLARI UCHUN YER TANLASH JARAYONINING TAKOMILLASHTIRILISHI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)

Authors

  • F.Sh.Xudoyberdiyev Author
  • Q.M.Muxamadov Author
  • A.H.Nosirov Author

Keywords:

dron monitoringi, yer tanlash, DJI Phantom 4 Pro, Parrot ANAFI, senseFly eBee Plus, DJI Mavic 2 Pro

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro viloyatining investitsiyaviy jihatdan ustuvor hududlarida dron texnologiyalaridan foydalanish orqali yer tanlash jarayonini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Xususan, investitsiya obyektlari uchun optimal maydonlarni aniqlashda dronlar yordamida olingan yuqori aniqlikdagi ortofoto va relyef ma’lumotlaridan foydalanish yondashuvi asoslanadi. Mazkur tadqiqotda mavjud amaliyotda qo‘llanilayotgan an’anaviy, ko‘p hollarda subyektiv qarorlarga asoslangan yer tanlash metodikasining zamonaviy raqamli yechimlar orqali takomillashtirilishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida DJI Phantom 4 Pro V2.0, Parrot ANAFI, senseFly eBee Plus va DJI Mavic 2 Pro kabi dron modellari sinovdan o‘tkazilib, ularning texnik imkoniyatlari, parvoz davomiyligi, aniqlik darajasi va karta materiallari bilan ishlash qobiliyatlari solishtirma tahlil asosida baholandi. Maqolada, shuningdek, dron ma’lumotlarini GIS platformalari bilan integratsiyalash, ochiq geoportal orqali taqdim etish va raqamli qaror qabul qilish tizimlariga kiritish mexanizmlari ham taklif etiladi. Bu esa yer tanlash jarayonida tezkorlik, aniqlik, shaffoflik va obyektivlik mezonlarini kuchaytiradi.

Downloads

Published

2025-12-21

How to Cite

F.Sh.Xudoyberdiyev, Q.M.Muxamadov, & A.H.Nosirov. (2025). DRON TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA INVESTITSIYA OBYEKTLARI UCHUN YER TANLASH JARAYONINING TAKOMILLASHTIRILISHI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA). INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION, 4(34), 119-124. https://sr-journals.org/index.php/ITSE/article/view/37