TO‘QUV DASTGOHIDA SOCHIQBOP TO‘QIMA HALQA TUK BALANDLIGINI NAZORAT QILISH TIZIMI
Keywords:
sochiqbop to‘qima, zamin tanda ipi, arqoq ipi, tashqi kuch, o‘timlar soniAbstract
Ishda sochiqbop to‘qimalar ustida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari o‘rganilgan holda to‘qimaning asosiy xossalarini ifodalovchi halqa tukining shakllanishi bir-biridan farqi o‘rganilgan. Odatiy ishlab chiqarilayotgan sochiqbop to‘qimalarning halqa tuki hosil bo‘lish jarayonidan foydalanilgan holda yetti arqoqli halqa tukining shakllanish jarayoni va halqa balandliklarining to‘quv dastgohining texnologik imkoniyatlaridan foydalangan holda nazorat qilish tizimi keltirilgan. Sochiqbop to‘qima uchun tanlangan zamin o‘rilishining tuk iplarining bog’lanishdagi mustahkamligiga ta’siri asosida yangi o‘rilish turidan foydalanilgan holda halqa mustahkamligi yuqori bo‘lgan to‘qima namunasi ishlab chiqarilgan.
Halqa hosil bo‘lishining 3 arqoqli va 4 arqoqli usullarida keltirilgan afzallik va kamchiliklar o‘rganilgan holda takomillashtirilgan yangi sochiqbop to‘qimaning halqa tuklari hosil bo‘lish jarayonidagi ketma-ketliklar, zamin tanda va arqoq iplarining tarangliklari hamda iplar orasidagi masofalarni boshqarish imkoniyati keltirilgan. To‘qima yuzasidagi halqa balandliklarini me’yorlashtirishga arqoq iplari orasidagi L1 va L2 masofalar o‘zaro teng bo‘lgan holatda erishilgan. 7 arqoqli halqa tuki balandligi 3 arqoqli va 4 arqoqli halqa balandligiga nisbatan avtomatik ravishda shakllangan.