“NURLI MASKAN” IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATLARIDA PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA OʻTKAZISH METODLARI

Authors

  • Astanova Zumradxon Toxirovna Author

Keywords:

Tajriba-sinov, soʻrovnoma, musiqiy savodxonlik, Tiflopedagogika, metodlar, koʻzi ojiz oʻquvchilar

Abstract

Bugungi kunda koʻrish imkoniyati cheklangan oʻquvchi yoshlarning taʼlim-tarbiya jarayonini qaytadan isloh qilish va takomillashtirish borasida  oʻziga xos innovatsiyalar joriy etilmoqda. Shu sababdan    izlanuvchan, zamonaviy tajribaga ega boʻlgan defektolog o‘qituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatlarda taʼlim sifatini oshirish zarur deb hisoblanmoqda. Bu sohada faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar va pedagoglarga ham oʻz tajribalarini ommalashtirish, targʻib etish borasida keng imkoniyatlar berilmoqda. Ushbu maqolada “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida taʼlim olayotgan koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi oʻquvchilarning musiqa madaniyati fani boʻyicha “Tiflopedagogika vositasida oʻquvchilarning musiqiy savodxonligini rivojlantirish metodlari” mavzusi doirasida olib borilgan pedagogik tajriba-sinov ishini tashkil etilish va oʻtkazishga oid amalga oshirilgan metodik ishlar haqida maʼlumotlar bayon etiladi.

Downloads

Published

2025-12-19

How to Cite

Astanova Zumradxon Toxirovna. (2025). “NURLI MASKAN” IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATLARIDA PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA OʻTKAZISH METODLARI. INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION, 4(33), 52-58. https://sr-journals.org/index.php/ITSE/article/view/6