DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI, KORXONA VA TASHKILOTLARDA ELEKTRON HUJJAT AYLANISH TIZIMLARINING JORIY ETILISHI, ULARNING O’RNI VA IMKONIYATLARI

Authors

  • Matkarimova Sevinchxon Shavkat qizi Author

Keywords:

EHAT (Elektron hujjat aylanish tizimi), bulutli hisoblash, elektron hukumat, raqamli hujjat, samaradorlik, optimallashtirish

Abstract

Kundalik hayotimizda axborot texnologiyalarining kirib kelishi va rivojlanishi natijasida ish va kundalik hayotimizning barcha jabhalarida ko‘pgina qulayliklar yaratilib kelinmoqda. Xususan davlat boshqaruv organlarida EHAT hujjatlarni saqlash, almashish, indekslash, tuzatish va o’zgartirishlar kiritish, keraksiz yoki aktualligini yo’qotgan hujjatlarni samarali yo’q qilish imkoniyatlarini taqdim etadi. Davlat boshqaruv organlarida ish jarayonlarining samarali tashkil etilishida asosiy bog’inni hujjat (barcha turdagi) lar tashkil etadi. Bunda hujjatlarni yaratish, hujjat bilan ishlash texnikalari (kompyuter, printer) ayniqsa eng asosiy qog’oz resurslari juda katta miqdorda talab etiladi. Qog’ozlar bilan ishlash ayniqsa global miqyosda ekologiyaga juda katta zarar yetkazadi, bundan tashqari moliyaviy taraflama ham yuqori xarajatni tashkil etadi. EHAT orqali ish jarayonlarida qog’oz hujjatni raqamli shaklga o’tkazish orqali hujjatlarni ma’lum darajada standartlashtirish va fayl tuzilmasida samarali saqlash, tartibga solish va format, hujjatni qayta ishlash orqali qog’ozni qayta ishlash va chiqindilarni kamaytirishga erishiladi. 

Downloads

Published

2025-12-24

How to Cite

Matkarimova Sevinchxon Shavkat qizi. (2025). DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI, KORXONA VA TASHKILOTLARDA ELEKTRON HUJJAT AYLANISH TIZIMLARINING JORIY ETILISHI, ULARNING O’RNI VA IMKONIYATLARI . INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION, 4(37), 34-38. https://sr-journals.org/index.php/ITSE/article/view/73