NORMAL HOLATDA VIZUAL CHAQIRILGAN POTENSIALLARNING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI
Keywords:
vizual tizim shakllanishi, vizual qo‘zg‘atilgan potensiallar, miopiya, miya vizual korteksiAbstract
Normal ko‘rish qobiliyatiga ega kuzatiluvchilarda ko’rish analizatori shakllanishida yoshga bog‘liq xususiyatlarini vizual uyg’otuvchi potensiallar (VUP) usuli yordamida taqqoslash.Material va usullar: 42 nafar odam (84 ko‘z) tekshirildi. Quyidagi usullar qo‘llanildi: Ko‘rish o‘tkirligini tekshirish, Klinik refraksiyani aniqlash, Vizual uyg’otuvchi potensiallarni (VUP) ro‘yxatga olish. Tekshirilgan shaxslarning yoshi 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan. Tadqiqot ishtirokchilari ikkita yosh guruhiga ajratildi. Natijalar: 1-guruh uchun monokulyar modulyatsiya va homolateral yarimshardan olingan o‘rtacha qiymatlar: N75: 79,7±0,9 ms, P100: 111,8±1,3 ms N145: 157,6±1,9 ms 2-guruh uchun: N75: 77,4±1,8 ms, P100: 104,2±1,3 ms, N145: 142,8±1,3 ms Markaziy va periferik ko‘rish maydonlari modulyatsiyasida pattern-VUP konfiguratsiyasi, komponent tarkibi va xususiyatlarida sezilarli farqlar aniqlandi.