SIGARETANING PARODONT TO‘QIMALARIGA TA’SIRI

Authors

  • Shokirova F.F Author
  • Kamoliddinov Q.Z Author

Keywords:

sigaret chekish, periodontal kasalliklar, nikotin, gingivit, periodontit, alveolyar suyak rezorbsiyasi

Abstract

Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish global miqyosda keng tarqalgan sog‘liq muammolaridan biri bo‘lib, u organizmning turli tizimlariga, jumladan og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, sigaret chekish parodont to‘qimalarining holatiga ta’sir etuvchi muhim risk omillaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Mazkur maqolaning maqsadi sigaret tutunining parodont to‘qimalariga ta’siri, uning biologik va patogenetik mexanizmlari hamda periodontal kasalliklarning rivojlanishidagi rolini ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot adabiyotlar sharhi usuliga asoslangan bo‘lib, stomatologiya va periodontologiya sohasida chop etilgan turli ilmiy maqolalar hamda klinik tadqiqotlar natijalari o‘rganildi va umumlashtirildi. O‘rganilgan manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, sigaret tutuni tarkibidagi nikotin va boshqa toksik kimyoviy moddalar periodontal to‘qimalarda mikrotsirkulyatsiyaning buzilishiga, immun tizim faoliyatining pasayishiga hamda fibroblast hujayralari faolligining susayishiga olib keladi. Ushbu o‘zgarishlar periodontal kasalliklarning rivojlanish ehtimolini oshirishi va davolash natijalarining samaradorligini kamaytirishi mumkin.

Shunday qilib, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish periodontal kasalliklarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhim modifikatsiyalanuvchi xavf omillaridan biri hisoblanadi.

Downloads

Published

2026-03-13

How to Cite

Shokirova F.F, & Kamoliddinov Q.Z. (2026). SIGARETANING PARODONT TO‘QIMALARIGA TA’SIRI. UNIVERSAL JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 4(34), 37-40. https://sr-journals.org/index.php/UJMANS/article/view/1074