EOZINOFIL VA BAZOFILLARDA METABOLIZM JARAYONI
Keywords:
Eozinofil, bazofil, metabolizm, granulotsitlar, immun tizim, allergik reaksiyalar, lipid mediatorlar, glikoliz, oksidlovchi stress, sitokinlarAbstract
Eozinofil va bazofillar granulotsitar leykotsitlar qatoriga kirib, immun tizimning muhim komponentlari hisoblanadi. Ushbu hujayralar, ayniqsa allergik reaksiyalar, parazitar infeksiyalar va yallig‘lanish jarayonlarida faol ishtirok etadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi eozinofil va bazofillarda kechadigan metabolik jarayonlarni biokimyoviy nuqtai nazardan tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot davomida ushbu hujayralarda energiya almashinuvi (glikoliz, pentoza-fosfat yo‘li), lipid mediatorlar (leykotrienlar, prostaglandinlar) sintezi va oksidlovchi metabolizm xususiyatlari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, eozinofillarda mitoxondrial faollik va reaktiv kislorod shakllari hosil bo‘lishi yuqori darajada bo‘lsa, bazofillarda asosan mediatorlar sekretsiyasi va anaerob metabolizm ustunlik qiladi. Shuningdek, sitokinlar va fermentlar (peroksidaza, fosfolipaza) metabolik jarayonlarni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Xulosa qilib aytganda, eozinofil va bazofillarning metabolik xususiyatlari ularning immun javobdagi funksional faolligini belgilaydi va bu jarayonlarni chuqur o‘rganish klinik amaliyotda yangi terapevtik yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.