YAPON BEDANALARINING AYRIM BIOLOGIK VA FIZIOLOGIK KURSATKICHLARIGA ZN(RUX) VA CU(MIS) MIKROELEMENTLARINING TAʼSIRI

Authors

  • Odilova Nilufar Arzikulovna Author

Keywords:

Rux, mis, oqsil, kalsiy, ferment, immunitet, vitamin, tuxum, makroelement, mikroelement, Coturnix japonica

Abstract

Ushbu tadqiqot Yaponiya bedanalari (Coturnix coturnix japonica) ratsioniga Zn(rux) va Cu(mis) mikroelementlarini turli dozalarda qoʼshishning ularning kunlik tirik vazni ortishi va tuxum mahsuldorligiga taʼsirini oʼrganishga qaratilgan. Tajribada nazorat guruhi hamda ikkita tajriba guruhi T-1: 1 mg/l Cu+ 5 mg/l  Zn; T-2: 3 mg/l Cu + 7 mg/l Zn ishtirok etdi. Tadqiqot natijalari shuni koʼrsatdiki, T-1 guruhi bedanalari 90 kunlik yoshda nazorat guruhiga nisbatan 19,16% ga yuqori 186,74 g tirik vazn koʼrsatgan. T-2 guruhida esa 142,26 g bu koʼrsatkich pasaygan. Tuxum mahsuldorligi boʼyicha T-1 guruhi eng yaxshi natijalarni qayd etib, nazorat guruhiga nisbatan tuxum sonini 294,58 dona va tuxumning oʼrtacha ogʼirligini 12,32 g sezilarli darajada oshirgan. Xulosa qilib aytganda, 1 mg/l Cu + 5 mg/l Zn dozasidagi mikroelementlarning qoʼshilishi bedanalarning fiziologik holati va mahsuldorligiga ijobiy taʼsir koʼrsatdi.

Downloads

Published

2026-03-29

How to Cite

Odilova Nilufar Arzikulovna. (2026). YAPON BEDANALARINING AYRIM BIOLOGIK VA FIZIOLOGIK KURSATKICHLARIGA ZN(RUX) VA CU(MIS) MIKROELEMENTLARINING TAʼSIRI. UNIVERSAL JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 4(34), 87-91. https://sr-journals.org/index.php/UJMANS/article/view/1170