TABIIY OFATLARDA TIBBIY YORDAMNI TASHKIL ETISH BOSHQARUVINI TAKOMILLASHTIRISH YO`LLARI
Keywords:
Tabiiy ofatlar, shoshilinch tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlarni boshqarish, raqamli texnologiyalar, koordinatsiya, samaradorlik, iqlim o‘zgarishiga chidamlilikAbstract
O‘zbekistonda tabiiy ofatlar (zilzila, sel, ko‘chki, qurg‘oqchilik) sonining ortishi, aholining o‘sishi va iqlim o‘zgarishi favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tibbiy yordamning tezkor tashkil etilishi va samarali boshqarilishini talab qilmoqda. Shu sababli, mazkur tizimni takomillashtirish nafaqat tibbiyot sohasi, balki aholi xavfsizligi va jamiyat barqarorligi uchun ham muhimdir. Maqolada tabiiy ofatlar vaqtida tibbiy yordam tizimining mavjud holati va uni rivojlantirish yo‘nalishlari, jumladan, raqamli texnologiyalar (GIS, dronlar, telemeditsina)ni joriy etish, kadrlar tayyorlash tizimini yaxshilash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, FVV va Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish hamda huquqiy asoslarni takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi.