YUQORI POLISAXARID SAQLOVCHI IPSIMON SIANOBAKTERIYALARDAN MOLEKULYAR TAHLILLAR UCHUN SIFATLI GENOM DNK AJRATISHNI OPTIMALLASHTIRISH
Keywords:
Sianobakteriyalar, genom DNK, CTAB optimallashtirish, polisaxaridlar, lizotsim, filogenetika, 16S rRNKAbstract
Sianobakteriyalar (Nostoc, Phormidium, Leptolyngbya) o‘zining murakkab hujayra devori va ko‘p miqdordagi ekstrasellyulyar polisaxaridlari (EPS) bilan ajralib turadi, bu esa yuqori sifatli genom DNK ajratib olishda asosiy to‘siq hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda Germaniya va Xitoy tajribalariga tayanib, enzimatik lizis, kimyoviy modifikatsiyalangan CTAB/SDS va differensial cho‘ktirish (K-atsetat/LiCl) bosqichlarini birlashtirgan yangi gibrid metodika optimallashtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, taklif etilgan usul polisaxaridlar va polifenollarni samarali chetlashtirib, A260/A280 nisbati 1.8–2.0 oralig‘idagi toza DNK olish imkonini beradi. Ushbu metodika bilan olingan namunalar NGS (Next Generation Sequencing) va 16S rRNK filogenetik tahlillari uchun to‘liq yaroqlidir.