LEYKOTSITLAR METABOLIZMI: BIOKIMYOVIY MEHANIZMLAR VA PATOLOGIK JARAYONLARDA LEYKOTSITLARDA BO‘LADIGAN O‘ZGARISHLAR
Keywords:
leykotsitlar, metabolizm, glikoliz, oksidativ portlash, yallig‘lanish, leykoz, immunodefitsit, NADPH-oksidaza, mieloperoksidaza, reaktiv kislorod turlariAbstract
Ushbu ilmiy maqolada leykotsitlar (oq qon tanachalari) ning biokimyoviy metabolizmi, ular ishtirokidagi asosiy fermentativ jarayonlar, energetik ta'minot mexanizmlari va patologik sharoitlarda kuzatiladigan o‘zgarishlar atroflicha tahlil etilgan. Leykotsitlar immunitet tizimining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, ularning metabolik faolligi organizmni infeksion, allergik va onkologik kasalliklardan himoya qilishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Maqolada glikoliz, oksidativ fosforlanish, pentoza fosfat yo‘li, lipid mediatorlar biosintezi va purin metabolizmi kabi asosiy yo‘llar tahlil qilingan. Bundan tashqari, yallig‘lanish, leykoz, immunodefitsit va autoimmun kasalliklar kabi patologik holatlarda leykotsitlar metabolizmidagi o‘zgarishlar ilmiy adabiyotlar asosida muhokama qilingan.