JIGARDA TOKSIK MODDALARNI ZARARSIZLANTIRILISHI

Authors

  • Tog‘ayev Azizbek Aliyor o‘g‘li Author
  • Eshbo‘riyeva Malika Abrayevna Author

Keywords:

Jigar, detoksikatsiya, biotransformatsiya, gepatotsitlar, toksik moddalar, glutation, glyukuronlanish, metabolizm, fermentlar, ammiak

Abstract

Jigarda toksik moddalarni zararsizlantirish organizmning ichki muhit barqarorligini saqlashda muhim biologik jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayon asosan gepatotsitlarda kechib, ikki bosqichli biotransformatsiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda oksidlanish, qaytarilish va gidroliz reaksiyalari natijasida toksik moddalar faollashtiriladi yoki qisman o‘zgartiriladi, ikkinchi bosqichda esa ular glyukuron kislota, sulfat yoki glutation kabi moddalar bilan bog‘lanib, suvda eruvchan va organizmdan oson chiqariladigan shaklga keltiriladi. Jigarning detoksikatsiya funksiyasi dorilar, alkogol, ammiak va boshqa endogen hamda ekzogen toksinlarning zararsizlantirilishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu mexanizm buzilganda gepatotoksiklik va metabolik intoksikatsiyalar rivojlanishi mumkin.

Downloads

Published

2026-04-29

How to Cite

Tog‘ayev Azizbek Aliyor o‘g‘li, & Eshbo‘riyeva Malika Abrayevna. (2026). JIGARDA TOKSIK MODDALARNI ZARARSIZLANTIRILISHI. UNIVERSAL JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 4(35), 103-106. https://sr-journals.org/index.php/UJMANS/article/view/1433