SURXONDARYO HAVZA GEOTIZIMIDA TABIATDAN FOYDALANISH VA UNI YAXSHILASHNING GEOGRAFIK ASOSLARI
Keywords:
tabiatdan foydalanish, tabiiy va antropogen omillar, tabiiy muhit, geotizim, ekologik muammolar, eroziya, sho‘rlanish, cho‘llanish, sanoat tarmoqlari, chora-tadbirlarAbstract
Surxondaryo havzasi geotizimida tabiatdan foydalanish jarayonlari, ularning hududiy xususiyatlari hamda ekologik muammolari kompleks tarzda tahlil qilindi. Tadqiqotda hududning arid iqlim sharoiti, yog‘ingarchilikning notekis taqsimlanishi va suv resurslarining cheklanganligi qishloq xo‘jaligida sug‘orishga yuqori talabni yuzaga keltirishi asoslab berildi. Sug‘orish tizimlarining eskirganligi, suv yo‘qotishlarining yuqoriligi va suv resurslarining ifloslanishi asosiy muammolar sifatida baholandi. Shuningdek, tuproq sho‘rlanishi, cho‘llanish jarayonlari hamda yaylovlarning degradatsiyasi hudud ekologik barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlandi. Sanoat, ayniqsa, neft-gaz va tog‘-kon tarmoqlarining rivojlanishi natijasida atrof-muhitga antropogen bosim ortib borayotgani qayd etildi.