SO‘LAK TOSH KASALLIGINI DAVOLASHDA KONSERVATIV TERAPIYANING PATOGENETIK VA KLINIK AHAMIYATI
Keywords:
sialolitiaz, konservativ terapiya, farmakoterapiya, sialagoglar, patogenezAbstract
Tadqiqot maqsadi: Sialolitiazni davolashda konservativ terapiyaning patogenetik asoslari, farmakologik yondashuvlari va klinik samaradorligini zamonaviy adabiyotlar asosida baholash.
Material va metodlar: 2000–2025 yillar oralig‘ida chop etilgan mahalliy va xalqaro ilmiy manbalar tizimli tahlil qilindi. So‘nggi 5 yildagi tadqiqotlarga ustuvor ahamiyat berildi.
Natijalar: Konservativ terapiya kichik (<5 mm) sialolitlarda 70–85% hollarda samarali bo‘lib, farmakologik va nofarmakologik usullar kombinatsiyasida bezni saqlab qolish darajasi 90% dan yuqori ekani aniqlandi. Davolash usullari klinik holatga qarab differensial tanlanadi.
Xulosa: Konservativ terapiya sialolitiazni davolashning asosiy boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, patogenetik yo‘naltirilgan, individual yondashuvni talab etadi.