YUMSHOQ BUG‘DOYNING LALMIKOR YERLARDA STRESS OMILLARGA CHIDAMLI GENOTIPLARINI YARATISHDA SELEKSIYA NATIJALARI

Authors

  • Jo‘rayev Mamatqul Abduraxmonovich Author
  • Shermatov Kamoliddin Mamurovich Author
  • Hoshimov Dilshod Quddusovich Author

Keywords:

. lalmi yerlar, yumshoq bug‘doy, iqlim o‘zgarishi, o‘suv davri, stress omillar, issiqlik va qurg‘oqchilik, ertapisharlik, boshoq uzunligi, don soni, don vazni, 1000 dona don vazni, hosildorlik

Abstract

Global iqlim o‘zgarishi ta’sirida O‘zbekistonda havo haroratining oshishi, yog‘ingarchilik miqdorining kamayishi va yog‘ingarchilikning o‘simlik vegetatsiyasi davrida notekis taqsimlanishi, qishda qorli kunlarning kamayishi kuzatilmoqda. Tadqiqotlarda lalmi yerlarda bug‘doy genotiplarida boshoqlash fazasi bir-biridan katta farq qilishi kuzatildi, tadqiqotlarda o‘rganilgan navlarda boshoqlash fazasining erta muddatlarda bo‘lgan tizmalar aniqlanib, hosildorlikning kechpishar navlarga nisbatan past bo‘lishiga olib kelishi aniqlandi. Lekin, ayrim erta muddatlarda boshoqlagan navlarda don hosildorligi yuqori bo‘lganligi kuzatildi. Yumshoq bug‘doyning KSI-96/2024/Sp-1/447/2021 (Tagob), KSI-97/2024/Sp-1/834/2021 (Zartepa) kabi yangi navlari, Sp-1/382/2021 (earlyripe) tizmasi ertapishar Tezpishar andoza navdan 6 kun oldin boshoqlagan, lekin don hosildorligi ushbu navga nisbatan yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Shuningdek, tadqiqotlar davomida boshoqdagi don sonining ko‘pligi va 1000 dona don vaznining yuqori bo‘lishi boshqa mahsuldorlik elementlariga qaraganda hosildorlikning yuqori bo‘lishini ta’minlashi ma’lum bo‘ldi.

Downloads

Published

2026-05-07

How to Cite

Jo‘rayev Mamatqul Abduraxmonovich, Shermatov Kamoliddin Mamurovich, & Hoshimov Dilshod Quddusovich. (2026). YUMSHOQ BUG‘DOYNING LALMIKOR YERLARDA STRESS OMILLARGA CHIDAMLI GENOTIPLARINI YARATISHDA SELEKSIYA NATIJALARI. UNIVERSAL JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 4(35), 168-172. https://sr-journals.org/index.php/UJMANS/article/view/1539