FRANCISELLA TULARENSIS PATOGENEZINING MOLEKULYAR-GENETIK MEXANIZMLARI
Keywords:
Francisella tularensis, patogenez, LPS, TLR4, T6SS, AIM2 inflammasomasi, mviNAbstract
Francisella tularensis – o‘ta xavfli, hujayra ichida yashovchi bakteriya. Uning eng hayratlanarli xususiyati shundaki, makrofaglar ichiga kirgandan keyin dastlabki 24 soat davomida immun tizim hech qanday reaksiya bermaydi. Buning siri bakteriyaning tashqi qobig‘i – lipopolisaxarid (LPS) tuzilishida. Francisella LPS dagi fosfat guruhlarini yo‘qotgan va yog‘ kislotalari sonini kamaytirgan, shuning uchun immun hujayralarining TLR4 retseptorlari uni "ko‘ra olmaydi". Fagosoma ichiga tushgan bakteriya maxsus naysimon tizim (T6SS) orqali pufakcha devorini teshib, sitozolga chiqadi. Buning uchun FPI gen klyasteri kodlagan 8 xil oqsil ishlatiladi. Sitozolda bakteriya host hujayraning oziq moddalarini, ayniqsa sisteinni o‘zlashtirib, har 6 soatda bo‘linadi. Agar hujayraning ichki signal tizimi (AIM2 inflammasomasi) ishga tushsa, u bakteriyalarni sezib, hujayrani portlatib yuboradi. Ammo Francisella mviN geni yordamida bu signalni kechiktiradi va o‘limdan oldin maksimal darajada ko‘payishga ulguradi. Ushbu maqolada aynan shu mexanizmlar batafsil tahlil qilingan.