BIOLOGIYA FANIDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM VA INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA “SWOT TAHLIL” METODINI DARS JARAYONIDA SAMARALI QO‘LLANILISHI
Keywords:
interfaol, kuchli, kuchsiz, swot tahlil, imkoniyat, xavfli, sintez, tahlil, kreativ, nnovatsion, bilim, ko‘nikma, malaka, imkoniyatAbstract
Mazkur maqolada biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lgan SWOT-tahlil metodining imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida "Ovqat hazm qilish sistemasi" mavzusi tanlangan bo‘lib, unda har bir talabaga individual yondashgan holda mavzu bo‘yicha bilimlarini tizimlashtirish, organlar funksiyasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlash hamda tashqi omillarning (ovqatlanish gigiyenasi) ta’sirini tahlil qilish jarayonlari bayon etilgan. Ushbu maqolada SWOT-tahlil jadvali orqali talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mazkur metodning qo‘llanilishi talabalarning nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlaydi, balki ularda tibbiy savodxonlik, o‘z sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan yondashish hamda ma’lumotlarni tahlil qilish orqali to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.