SHIFOXONALARDA STERILIZATSIYA JARAYONINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA SIFAT BOSHQARUVI METODLARINING ROLI
Keywords:
Sterilizatsiya, shifoxona infeksiyalari, tibbiy asbob-uskunalar, sifat boshqaruvi, sterilizatsiya jarayoni, infeksiya nazoratiAbstract
Tibbiyot muassasalarida sterilizatsiya jarayoni bemorlar xavfsizligini ta’minlash va infeksion kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Sterilizatsiya jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi tibbiy asbob-uskunalarning xavfsiz qayta foydalanilishini ta’minlaydi hamda shifoxona infeksiyalarining tarqalish xavfini kamaytiradi. Shu bilan birga sterilizatsiya jarayonida yuzaga keladigan tashkiliy, texnologik va inson omillari jarayon samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur tadqiqotning maqsadi shifoxonalarda sterilizatsiya jarayonining samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda sifat boshqaruvi metodlarining ushbu jarayonni takomillashtirishdagi rolini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlar tahlili hamda tibbiyot xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida sterilizatsiya jarayonining samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari sterilizatsiya jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan instrumentlarni dastlabki tozalash sifati, sterilizatsiya uskunalarining texnik holati hamda tibbiyot xodimlarining malakasiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari sterilizatsiya jarayonini monitoring qilish hamda sifat boshqaruvi metodlarini joriy etish sterilizatsiya jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi.