Soya o‘simligi Ehtiyoj navida Soya mozaika virusi (SMV) ta’sirini kamaytirishda biologik preparatlarning roli
Keywords:
Soya mozaika virusi, Ehtiyoj navi, biologik preparatlar, xlorofill, peroksidaza, urug‘ oqsiliAbstract
Soya mozaika virusi (SMV) soya ekinlarida hosildorlik va urug‘ sifatini pasaytiruvchi muhim kasallikdir. Ushbu tadqiqot soyaning Ehtiyoj navida SMV kasalligi fonida biologik preparatlar Bioeffekt, BIOVAK-Y24 va kimyoviy preparat Selectonning fiziologik-biokimyoviy ko‘rsatkichlarga ta’sirini baholashga bag‘ishlandi. Mexanik inokulyatsiya orqali virus yuqtirilib, RT-PCR bilan tasdiqlandi. Tadqiqotda barglarda peroksidaza fermenti faolligi, xlorofill a, b va karotinoidlar miqdori hamda urug‘lardagi umumiy oqsil tarkibi o‘rganildi. Ma’lumotlar uch faktorli ANOVA yordamida statistik tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, SMV kasalligi xlorofill miqdorini keskin kamaytirdi (p<0,001), peroksidaza faolligini oshirdi va urug‘ oqsili miqdorini 23% ga pasaytirdi. Bioeffekt va BIOVAK-Y24 preparatlari virusning salbiy ta’sirini sezilarli darajada yumshatib, pigmentlar va oqsil miqdorini nazoratga yaqin darajada saqlab qoldi. Selecton preparati esa pastroq samaradorlik ko‘rsatdi. Olingan natijalar biologik preparatlarning SMV ga qarshi kurashda istiqbolli va ekologik toza vosita ekanligini tasdiqlaydi