RTTЁMFVF Quvasoy shahar filialida 2026-yil yanvar–aprel oylarida bronxial astma holatlarining yosh guruhlari bo‘yicha tahlili
Keywords:
bronxial astma, bolalar, o‘smirlar, profilaktika, Quvasoy, allergen, nafas yo‘llari, epidemiologik tahlilAbstract
Ushbu maqolada RTTЁMFVF Quvasoy shahar filialida 2026-yilning yanvar–aprel oylarida qayd etilgan bronxial astma holatlari yosh guruhlari kesimida tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, jami 476 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ularning 474 tasi, ya’ni 99,6 foizi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. 18 yoshdan kattalar orasida esa 2 ta holat, ya’ni 0,4 foiz qayd etilgan. Oylik dinamikada yanvar oyida eng yuqori ko‘rsatkich, mart oyida esa eng past ko‘rsatkich kuzatildi. Olingan natijalar bolalar populyatsiyasida bronxial astmaning erta aniqlanishi, allergen va ekologik omillarni nazorat qilish, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
Downloads
Published
2026-05-29
Issue
Section
Articles
How to Cite
Komilov Zafarbek Mirzaolimovich. (2026). RTTЁMFVF Quvasoy shahar filialida 2026-yil yanvar–aprel oylarida bronxial astma holatlarining yosh guruhlari bo‘yicha tahlili. UNIVERSAL JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 4(36), 204-207. https://sr-journals.org/index.php/UJMANS/article/view/1805