Organizm qarish jarayoniga aholi salomatligi, turmush tarzi va ekologik muhit omillarining ta’siri hamda profilaktikaning o‘rni: farg‘ona viloyati misolida
Keywords:
qarish, aholi salomatligi, ekologiya, turmush tarzi, atmosfera havosi, suv sifati, tuproq ifloslanishi, profilaktika, demografiyaAbstract
Mazkur maqolada Farg‘ona viloyatida 2020–2024-yillar davomida aholi salomatligi, turmush tarzi va ekologik muhit omillarining organizm qarish jarayoniga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilindi. Atmosfera havosi, suv va tuproqning sanitariya-gigiyenik holati hamda demografik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik statistik jihatdan baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, urbanizatsiya, aholi zichligining ortishi, ekologik ifloslanish, noto‘g‘ri ovqatlanish, gipodinamiya va stress omillari qarish jarayonini tezlashtiruvchi asosiy omillar ekanligi aniqlandi. Tuproq ifloslanishi eng yuqori ekologik xavf omili sifatida qayd etildi (33,7–49,1%). Profilaktik choralar sifatida ekologik monitoringni kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va profilaktik tibbiy nazoratni takomillashtirish tavsiya etiladi.