Prunus cerasifera.l, Prunus domestica.l va Prunus armeniaca.l o‘simliklar uchun takomillashtirilgan va samarali yuqori sifatli genom DNK ajratish
Keywords:
DNK konsentratsiyasi, CTAB, Prunus, 2 x Easy Taq PCR Super Mix, primerlarAbstract
To‘qima va hujayralardan yuqori sifatli DNK olishda, ayniqsa o‘simliklardan xomashyo sifatida foydalanilganda, ko‘plab muammolar mavjud. Prunus turkumidagi turlar barglaridan yuqori sifatli genom DNK ajratish uchun to‘rt xil DNK ajratish protokoli qo‘llanildi. P. cerasifera.l, P.domestica.l va P armeniaca.l Rosaceae oilasiga mansub murakkab, ko‘p qirrali va doimiy yashil mevali daraxtli o‘simliklar bo‘lib, ekologik, iqtisodiy va madaniy jihatdan muhim hisoblanadi. Ushbu turlar DNK ajratishga xalaqit beruvchi qimmatli antioksidantlar, masalan polifenollar, polisaxaridlar va ikkilamchi metabolitlarni hosil qiladi, bu esa ushbu turlarda molekulyar markerlarga asoslangan tadqiqotlarni qiyinlashtiradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi tuzlar va fenollarga boy P. cerasifera.l, P.domestica.l va P armeniaca.l barglari uchun oddiy, tez, va yuqori samarali protokollarni sinab ko‘rish edi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Kit usuli protokoli keyingi avlod sekvenslash tahliliga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni bartaraf etishda juda samarali hisoblanadi.