Farg‘ona vodiysida Zygophyllaceae R.Br. oilasi turlarining o‘rganilganlik darajasi: adabiyotlar asosida tahlil

Authors

  • Ismoiljonova Durdona Erkinjon qizi Namangan davlat uneversiteti magistranti. Author

Keywords:

Zygophyllaceae, Farg‘ona vodiysi, flora, gerbariy, taksonomiya, areal, geobotanika, raqamli ma’lumotlar bazasi, Zygophyllum, floristik tahlil

Abstract

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida tarqalgan Zygophyllaceae R.Br. oilasi vakillarining o‘rganilganlik darajasi adabiyotlar, gerbariy fondlari hamda zamonaviy raqamli ma’lumotlar bazalari asosida kompleks tahlil qilindi. Tadqiqot davomida XX asr boshlaridan hozirgi davrgacha chop etilgan floristik, geobotanik va taksonomik manbalar o‘rganildi hamda MW, TASH, FRU va LE gerbariy fondlari materiallari bilan solishtirildi. Shuningdek, GBIF, Plantarium va iNaturalist platformalaridagi ma’lumotlar taksonomik verifikatsiya asosida qayta baholandi. Natijalar Farg‘ona vodiysi hududida Zygophyllaceae oilasiga mansub bir qator turlar tarixan qayd etilganligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, Zygophyllum atriplicoides, Zygophyllum fabago va Zygophyllum ferganensis turlari bir necha mustaqil manbalarda uchrashi sababli ishonchli taksonlar sifatida baholandi. Tadqiqot natijalari oilaning hududdagi taksonomik tarkibi, ekologik tarqalishi va areal xususiyatlarini aniqlashtirishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-06-14

How to Cite

Ismoiljonova Durdona Erkinjon qizi. (2026). Farg‘ona vodiysida Zygophyllaceae R.Br. oilasi turlarining o‘rganilganlik darajasi: adabiyotlar asosida tahlil. UNIVERSAL JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 4(37), 19-23. https://sr-journals.org/index.php/UJMANS/article/view/2037