Insultdan keyingi harakat buzilishlarini transkranial magnit stimulyatsiya yordamida korreksiya qilishni takomillashtirish

Authors

  • Jumabaeva Miyasar Boranbay qizi Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-bosqich magistri Author
  • Xidoyatova Dilbar Nabievna Tibbiyot fanlari doktori, professor Author

Keywords:

insult, transkranial magnit stimulyatsiya, TMS, neyroreabilitatsiya, motor buzilishlar

Abstract

Mazkur maqolada insultdan keyingi harakat buzilishlarini reabilitatsiya qilishda transkranial magnit stimulyatsiya (TMS) usulining samaradorligi, uning neyrofiziologik asoslari hamda davolash jarayonini optimallashtirish yo’llari ko’rib chiqilgan. Insultdan keyingi harakat nuqsonlari markaziy asab tizimidagi neyroplastik o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lib, TMS zamonaviy reabilitatsiya usullari orasida tobora ko‘proq joriy etilmoqda. Meta-tahlillar natijalariga ko‘ra, motor korteks faolligini TMS yordamida modulyatsiya qilish parezni kamaytirishi, mushak kuchini yaxshilashi va funksional tiklanishni tezlashtirishi mumkin. Maqolada yuqori va past chastotali TMSning afzalliklari, kombinatsiyalangan reabilitatsiya yondashuvlari hamda davolash protokollarini individuallashtirishning ahamiyati yoritilgan.

Downloads

Published

2026-06-15

How to Cite

Jumabaeva Miyasar Boranbay qizi, & Xidoyatova Dilbar Nabievna. (2026). Insultdan keyingi harakat buzilishlarini transkranial magnit stimulyatsiya yordamida korreksiya qilishni takomillashtirish. UNIVERSAL JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 4(37), 40-44. https://sr-journals.org/index.php/UJMANS/article/view/2042