Traxeya stenozi bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha bizning tajribamiz
Keywords:
traxeya stenozi, jarrohlik davolash, diagnostika, traxeostomiya, bemorlarAbstract
Mazkur maqolada 2017–2023-yillar davomida akademik V.V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida statsionar davolangan traxeya stenozi bilan og‘rigan bemorlarni diagnostika qilish va jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarining retrospektiv tahlili keltirilgan. Bemorlarning klinik-demografik ko‘rsatkichlari, stenoz shakllanishining asosiy etiologik omillari, traxeya torayish darajasi hamda qo‘llanilgan jarrohlik va endoskopik davolash usullari tahlil qilindi [1,2,5]. Jarrohlik aralashuvlarining bevosita natijalari va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi baholandi [3,8].
Aniqlanishicha, traxeya stenozi rivojlanishining asosiy sababi posttraxeostomik omil bo‘lgan [2,4,6]. Jarrohlik davolashning eng ko‘p qo‘llanilgan usuli T-simon stent o‘rnatish bo‘lgan [5,7]. Operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasining pastligi ushbu toifadagi bemorlarni davolashda differensial jarrohlik yondashuvining yuqori samaradorligi va xavfsizligini ko‘rsatadi [3,6,8].