O’SMA HUJAYRALARINING BIOKIMYOVIY AHAMIYATI
Keywords:
Warburg effekti, onkogenez, markerlar, kimyoterapiya, immunoterapiya, apoptoz, o'sma proliferatsiyasi, hujayra signalizatsiyasiAbstract
O'sma hujayralari organizmdagi o'smalarni keltirib chiqaruvchi patologik hujayralardir va ularning xususiyatlari, ayniqsa genetik o'zgarishlar va metabolik o'zgarishlar biokimyoviy jarayonlarga chuqur ta'sir qiladi. O'sma hujayralarining metabolizmda, ayniqsa, Warburg effekti orqali qanday o'zgarishlar yuz berishini ko'rib chiqiladi. Shuningdek, o'sma hujayralarining proliferatsiyasini va rivojlanishini qo'llab-quvvatlaydigan onkogenez va angiogenez kabi jarayonlarga alohida e'tibor qaratilgan. Biokimyoviy markerlar va ularning o'sma diagnostikasidagi roli ham muhokama qilinadi, chunki bu markerlar o'smalarni erta bosqichda aniqlash va davolashda katta ahamiyatga ega. Kimyoterapiya va immunoterapiya kabi davolash usullarini o'sma hujayralarining biokimyoviy xususiyatlariga ta'sirini o’rganamiz. O'sma hujayralarining biokimyoviy tahlilini chuqur o'rganish orqali onkologik kasalliklarni davolashda yangi imkoniyatlar ochishi mumkin.