XRONIK GENERALIZATSIYALASHGAN KATARAL GINGIVITNI MURAKKAB DAVOLASHNI OPTIMALLASHTIRISH
Keywords:
parodont kasalliklari, surunkali kataral gingivit, og‘iz gigiyenasAbstract
Ushbu maqolada o‘simlik asosidagi og‘iz chayish vositasini individual gigiyena tadbirlari majmuasiga qo‘shish orqali surunkali kataral gingivitni davolash va oldini olish natijalari yoritilgan. Ushbu og‘iz chayish vositasi antiseptik va yallig‘lanishga qarshi xossalarga ega bo‘lib, uning kariesga qarshi samarasi ham aniqlangan. Shu bois, u parodont kasalliklari va kariesning kundalik profilaktikasi uchun tavsiya etilishi mumkin. Tadqiqotda 18–28 yoshdagi 40 nafar bemor ishtirok etdi, ularga "surunkali generalizatsiyalangan kataral gingivit" tashxisi qo‘yilgan. Bemorlar ikki guruhga bo‘lindi: solishtirma guruh (20 kishi) umumqabul qilingan standart davolashni oldi, asosiy guruh (20 bemor) esa standart terapiya bilan bir qatorda og‘iz chayish vositasidan foydalandi. Olingan natijalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, og‘iz chayish vositasini individual gigiyena choralari majmuasiga qo‘shish parodont to‘qimalaridagi yallig‘lanishning tezroq bartaraf bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. O‘simlik komponentlari va ftorid asosidagi og‘iz chayish vositasidan har kuni foydalanish tish toshidagi patogen mikrofloraning o‘sishini to‘xtatadi va kataral gingivitning uzoq muddatli remissiyasi uchun sharoit yaratadi.