E. CANESCENS (L.) O’SIMLIK TURIDAN AJRATIB OLINGAN 1,2-DI-O-GALLOIL--D-GLYUKOZA VA 1-O-GALLOIL-4,6-GEKSAGIDROKSIDIFENOIL--D-GLYUKOZA POLIFENOL BIRIKMALARINING VAZORELAKSANT TA’SIRIDA NA+/CA2+-ALMASHINUVCHI TIZIMLARINING ISHTIROKI
Keywords:
polifenol, 1,2-di-o-galloil- β -d-glyukoza, 1-o-galloil-4,6-geksagidroksidifenoil-β-d-glyukoza, aorta qon tomiri, silliq muskul, Na+/Ca2+-almashinuvchi tizim, Na+/K+-ATFaza, vazorelaksant ta'sirAbstract
Dunyoning koʻpchilik ilmiy markazlarida arterial gipertenziyani oldini olish va davolash uchun dori vositalarining yangi avlodini yaratish jarayonida, uning patogenezi asosida yotuvchi molekulyar mexanizmlar toʻgʻrisidagi fundamental ma'lumotlar keng qoʻllanilmoqda. Bunda, arterial gipertenziya patogenezi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan qon-tomirlarning muhim nishonlarining farmakologik hususiyatlari va haqidagi ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Tajribalarda ob'ekt sifatida –kalamush aorta preparati, shuningdek e. canescens (l.) oʻsimlik turidan ajratib olingan 1,2-di-o-galloil- β -d-glyukoza va 1-o-galloil-4,6-geksagidroksidifenoil-β-d-glyukoza polifenol birikmalari tanlab olindi ularning kimyoviy strukturasiga bogʻliq jarayonlar koʻrsatib berildi.