ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI FANINI O'QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Keywords:
Anatomiya, fiziologiya, innovatsion pedagogik texnologiyalar, ta’lim samaradorligi, interaktiv ta’lim, raqamli platformalar, virtual laboratoriya, 3D-modellashtirish, kompetensiya, amaliy ko‘nikmalar, nazariy bilimlar, klinika tafakkuri, talaba motivatsiyasi, o‘qitish metodikasi, ta’lim sifatiAbstract
Ushbu maqolada odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati, samaradorligi va amaliy imkoniyatlari yoritilgan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, raqamli ta’lim platformalari, interaktiv simulyatsiyalar, 3D-modellashtirish, virtual laboratoriya mashg‘ulotlari hamda kompetensiyaga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlarining o‘quvchilarda chuqur nazariy bilim va mustahkam amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, talabalar motivatsiyasini oshirish, mustaqil fikrlash, klinik tafakkur va amaliy faoliyatga tayyorgarlikni kuchaytirishdagi ijobiy ta’siri ilmiy dalillar asosida asoslab beriladi. Innovatsion yondashuvlarni joriy etishning bosqichlari, o‘qituvchining o‘rni va metodik tavsiyalar hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan takliflar keltirilgan.