YOSHLARDA O‘TKIR MIOKARD INFARKTI RIVOJLANISHIDA ELEKTRON SIGARETALAR (VEYPING) VA ENERGETIK ICHIMLIKLAR KOMORBIDLIGINING ETIOPATOGENETIK AHAMIYATI
Keywords:
miokard infarkti, veyping, energetik ichimliklar, endotelial disfunksiya, yoshlar kardiologiyasi, oksidlovchi stress, gemodinamikaAbstract
Ushbu tadqiqot ishi zamonaviy kardiologiyaning dolzarb muammolaridan biri – yosh shaxslar (18–35 yosh) orasida yurak-qon tomir kasalliklarining yosharib borish tendensiyasiga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi elektron nikotin yetkazib berish tizimlari (ENDS/veyping) va tarkibida kofein-taurin saqlovchi energetik ichimliklarning muntazam iste’moli fonida miokard infarkti rivojlanish xavfini baholashdan iborat. Retrospektiv tahlil va klinik kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu ikki omilning sinergik (birgalikdagi) ta’siri kuchli endotelial disfunksiya, barqaror arterial gipertenziya va tromb hosil bo‘lish jarayonlarining faollashuviga olib keladi. Olingan natijalar yoshlarda "metabolik" va "toksik" genezli o‘tkir koronar sindromning oldini olishda yangicha profilaktik yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini tasdiqlaydi.