ISHEMIK INSULTNI ERTA TASHXISLASHDA RADIOLOGIYANING ROLI (KT, MRT, PERFUZIYA TADQIQOTLARI)
Keywords:
ishemik insult; radiologiya; kompyuter tomografiya (KT); magnit-rezonans tomografiya (MRT); diffuziya-vaznli MRT (DWI); perfuziya; penumbra; trombektomiya; telemeditsinaAbstract
Mazkur maqolada ishemik insultni erta tashxislashda radiologiya usullarining o‘rni va samaradorligi keng yoritilgan. Adabiyotlar tahlili asosida kompyuter tomografiyasi (KT), magnit-rezonans tomografiya (MRT), diffuziya-vaznli MRT (DWI) va perfuziya tadqiqotlarining diagnostik afzalliklari hamda cheklovlari solishtirilgan. Maqolada KTning tezkorligi va gemorragik insultni inkor etishdagi ahamiyati, MRT/DWI usullarining yuqori sezgirligi va ishemik o‘choqlarni dastlabki 30 daqiqada aniqlash imkoniyati, perfuziya tadqiqotlarining esa “penumbra”ni baholash va davolash strategiyasini aniqlashdagi roli ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Jadval va statistik ma’lumotlar orqali usullarning sezgirlik, spetsifiklik va klinik qo‘llanilish xususiyatlari taqqoslab berilgan Kelajak istiqbollari sifatida sun’iy intellekt algoritmlari, tezkor MRT texnologiyalari, gibrid usullar va telemeditsinaning insult tashxisini yanada samarali qilish imkoniyatlari muhokama qilingan.