IKKALA O‘PKANING TRANSPLANTATSIYASIDAN KEYINGI O‘NG ORALIQ BRONXNING CHANDIQLI TORAYISHINI BRONXOSKOPIK USULDA BALLON BILAN KENGAYTIRISH BO‘YICHA BIZNING TAJRIBAMIZ

Authors

  • O.D. Eshonxodjayev Author
  • Z.G. Rixsiyev Author
  • S.P. Ergashev Author
  • Q.A. Otamirzayev Author

Keywords:

O‘pka transplantatsiyasi, ballonli kengaytirish, bronxoskopiya

Abstract

O‘pka transplantatsiyasi bo‘yicha xalqaro jamiyat reestri ma’lumotlariga ko‘ra (International Society Heart and Lung Transplantation) 2016-yilgacha 64 ming o‘pka transplantatsiyasi bajarilgan. Hozirgi kunda yiliga o‘rtacha 3700 dan ortiq o‘pka transplantatsiyasi bajarib kelinmoqda. O‘pka transplantatsiyasidan keyingi asoratlar muvofaqqiyatsizliklarning asosiy omili bo‘lib (60-80%) qolmoqda.  O‘pka transplantatsiyasining ortib borishi bilan asoratlar ham ortib boradi. Bugungi kunda o‘pka transplantatsiyasidan keyingi asoratlar chastotasi dastlabki 6 oy ichida 2 % dan 33 % gacha o‘zgarib turadi. So‘ngi adabiyotlarga ko‘ra o‘pka transplantatsiyasidan keyingi yashovchanlik 1-yillikda 85 %, 5 yildan keyingi 59 %, 7 yildan keyin 37 % tashkil etgan. O‘pka transplantatsiyasidan keyingi bronxial asoratlar quyidagi turlarga bo‘linadi: bronxial stenozlar, anastozmoz yetishmovchiligi, traxeobronxomalyastiya, bronxial oqmalar va endobronxial infeksiyalardir. Bronxoskopiya o‘pka transplantatsiyasidan keyingi asoratlarni davolashning eng muhim usuli bo‘lib qolmoqda. O‘pka transplantatsiyasini o‘tkazgan bemorlarning 38,5 % i davolovchi bronxoskopiyaga muxtojdir. O‘pka transplantatsiyadan keyingi asoratslardan eng ko‘p uchrovchi turi bronxial stenozdir. O‘pka transplantatsiyadan keyingi stenozlarni 4 ta turi mavjud bo‘lib: 1-anastomozdan yuqori stenoz (1 sm), 2-anastomoz sohasidagi stenoz, 3- anstomozdan keyingi distal stenoz, 4-diffuz stenozlardir. 

Downloads

Published

2026-01-26

How to Cite

O.D. Eshonxodjayev, Z.G. Rixsiyev, S.P. Ergashev, & Q.A. Otamirzayev. (2026). IKKALA O‘PKANING TRANSPLANTATSIYASIDAN KEYINGI O‘NG ORALIQ BRONXNING CHANDIQLI TORAYISHINI BRONXOSKOPIK USULDA BALLON BILAN KENGAYTIRISH BO‘YICHA BIZNING TAJRIBAMIZ. UNIVERSAL JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 4(32), 58-62. https://sr-journals.org/index.php/UJMANS/article/view/645