SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGIDA HISOBLANGAN KOPTOKCHALAR FILTRATSIYASI TEZLIGI AHAMIYATINI BAHOLASH

Authors

  • Abduraxmanova N Author
  • Murodullayeva S.I Author

Keywords:

SYuY - Surunkali yurak yetishmovchiligi, KFT –koptokchalar filtratsiyasi tezligi

Abstract

Ushbu tahliliy maqolada surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuY) bo‘lgan bemorlarda buyrak faoliyatining pasayishi, xususan koptokchalar filtratsiyasi tezligi (KFT) ning ahamiyati o‘rganiladi. Yurak va buyrak o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lganligi uchun, ularning biridagi buzilish ikkinchisining faoliyatini ham yomonlashtiradi. Natijada kardiorenal sindrom deb ataladigan murakkab holat shakllanadi. KFT ning pasayishi SYuY ning og‘irroq kechishiga, suyuqlik ushlanishi, nafas qisishi va umumiy ahvolning yomonlashuviga olib keladi. Maqolada   KFT ni baholashning turli usullari — to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchangan va taxminiy hisoblangan KFT — hamda KFT hisoblashda ishlatiladigan turli formulalar tahlil qilingan. Shuningdek, KFT ning jins, yosh, mushak massasi va ovqatlanish kabi omillarga bog‘liq o‘zgarishlari yoritilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, KFT past bo‘lgan SYuY bemorlarida kasallikning og‘irlashuvi va noxush klinik natijalar ko‘p uchraydi.  KFT ning muntazam nazorati va uni to‘g‘ri baholash SYuY ni boshqarishda, bemor ahvolini baholashda va davolash strategiyasini tanlashda muhim ahamiyatga ega.

Downloads

Published

2026-01-28

How to Cite

Abduraxmanova N, & Murodullayeva S.I. (2026). SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGIDA HISOBLANGAN KOPTOKCHALAR FILTRATSIYASI TEZLIGI AHAMIYATINI BAHOLASH. UNIVERSAL JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 4(32), 76-82. https://sr-journals.org/index.php/UJMANS/article/view/696