BURUN HALQUM ANGIOFIBROMASI BILAN OG`RIGAN BEMORLARDA GSTM1 GEN POLIMORFIZMINI ANIQLASH ORQALI TASHXISLASH MUOMMASIGA ZAMONAVIY QARASHLAR
Keywords:
Burun halqum angiofibromasi, GSTM1 geni polimorfizmi, ksenobiotiklar metabolizmi, antioksidant himoya, molekulyar markerlar, individual davolashAbstract
Burun halqum angiofibromasi kam uchraydigan, xavfli kasalliklardan biri bo’lib, hozirgi paytda aniq tashxis va samarali davolash usullarni talab etib kelmoqda. Hozirgi diagnostik usullar asosan vizual va morfologik usullarga asoslangan bo’lib, GSTM1 geni polimorfizmi kabi molekulyar markerlarning qo‘llanilishi bu sohada yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Ksenobiotiklar metabolizmi va antioksidant himoya mexanizmlarida ishtirok etuvchi genlar angiofibroma rivojlanishida ham muhim rol o'ynaydi. GSTM1 geni polimorfizmi, ayniqsa uning o'chirilishi, o'smalar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin, bu esa uni tashxislashda muhim marker sifatida qaraladi. Ushbu maqolada Burun halqum angiofibromaning mavjud diagnostik usullari ko'rib chiqiladi va GSTM1 polimorfizmining diagnostik samaradorligini yaxshilash hamda uni davolash samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari muhokama qilinadi. Maqolada ushbu genetik markerning kasallik patogenezi bo'yicha keng qamrovli tadqiqotlar o'tkazish va uni klinik amaliyotga joriy etish tavsiya etiladi. Bu esa, o’z navbatida aniq tashxis qo'yish va individual davolash usullarini rivojlantirishga yordam beradi.